Biz haqimizda

about Arset

ARSET - O'zbekiston bo'ylab litsenziyalangan Geodeziya, Muhandislik qidiruv ishlari (injinerniy geologiya) va Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlarini olib boruvchi korxona. Bugungi kungacha 50 dan ortiq yirik loyihalarni 450 dan ortiq o`rta va kichik loyihalarni amalga oshirgan va mijozlarnig ko`nglidan joy olishga ulgurgan. Ular Ichida eng yiriklari , MCHJ «SEPCOIII ELECTRIC POWER CONSTRUCTION ZARAFSHAN», MCHJ «RUI SI», «HEX SOLAR», MCHJ «HI-TECH ENERGY», MCHJ «SHO`RKUL WIND», MCHJ «SHANDONG TIEJUN ELECTRIC POWER ENGINEERING NAVOI», MCHJ «Central Southern China Electric Power Design Institute CO» va shu kabilar.

2018-yilda Geodeziya ishlarini bajarish uchun O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining № AE462 litsenziyasi asosida MCHJ 'GEODEZIYA XIZMATLARI' korxonasi tashkil etildi. 2019-yilda korxonada Loyha bo'limi o'z faoliyatini ko`rsata boshladi. 2020-yilda sohaga oid zarur texnikalar sotuvini amalga oshiruvchi INSTRUMART.UZ loyihasi faoliyati yo'lga qo'yildi. 2021-yildan boshlab Xitoyning brend bo`lgan “SOUTH” kompaniyasi bilan hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Kelishuvlar natijasida “SOUTH” kompaniyasining O'zbekistondagi yagona rasmiy dilleri sifatida “SOUTHGROUP” nomi ostida faoliyat yuritishni boshladi.

about Arset
about Arset

2022-yil kompaniyamiz o`z hizmatlar sohasini yanada kengaytirib Geologiya bo'limi ish faoliyatini yo'lga qo'ydi. Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi tomonidan 24.01.2022 yilgi № AL-001617 litsenziyasi asosida II toifali obyektlarga xizmat ko'rsatishniham amalga oshira boshladi. 2023-yilga kelib jamoa safi yanayam kengayib, 30 dan ortiq malakali mutaxassislar yig'ildi. 2024-yilgda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining №114805 litsenziyasi asosida Arxitektura-shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha III tofani qo`lga kiritdi. Yana shuni mamnuniyat bilan ayta olamizki shu yilning o'zida rebrending o'tkazilib ushbu jamoa 'ARSET' brendi ostida faoliyatini davom ettira boshladi. Hozirgi kunda jamoada 40 dan ortiq o'z sohasining mutaxassislari faoliyat olib bormoqda.

Litsenziyalar

Bizda davlat tomonidan tasdiqlangan 3 ta hamda horijiy tashkilot tomonidan taqdim qilingan 1 ta litsenziya mavjud:

license

1-litsenziya

Arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun.

license

2-litsenziya

Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida.

license

3-litsenziya

Soliq to'lovchi ro'yxatidan o'tganlik haqida.

license

4-litsenziya

South servis sertifikati.